Economic Procedure Code

159-modda. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish

Agar sud talablarni ajratib ko'rishni maqsadga muvofiq deb topsa, u bir yoki bir nechta birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratishga ishni ko'rish yakuni bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda yo'l qo'yiladi. Talablarning qismini alohida ish yuritishga ajratish to'g'risida ajrim chiqariladi. Ajratilgan talab bo'yicha ishni ko'rish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.