Chet el investitsiyalari bilan bog'liq bo'lgan va O'zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorning investitsiya faoliyatini amalga oshirishi chog'ida yuzaga keladigan nizo (investitsiyaviy nizo) muzokaralar o'tkazish yo'li bilan hal etiladi. Agar investitsiyaviy nizoning taraflari muzokaralar o'tkazish yo'li bilan nizoni kelishilgan holda hal etishga erishishga qodir bo'lmasa, bunday nizo mediatsiya yo'li bilan tartibga solinishi kerak.
Muzokaralar o'tkazish va mediatsiya yo'li bilan tartibga solinmagan investitsiyaviy nizo O'zbekiston Respublikasining tegishli sudi tomonidan hal qilinishi kerak.
Investitsiyaviy nizolarni ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda hal qilish mumkin bo'lmagan taqdirda, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va (yoki) investor hamda O'zbekiston Respublikasi o'rtasida tuzilgan shartnomada tegishli va haqiqiy arbitraj sharti nazarda tutilgan bo'lsa, bunday nizo xalqaro arbitraj vositasida hal etilishi mumkin.
Faqat O'zbekiston Respublikasining imzolangan va amaldagi xalqaro shartnomalari va (yoki) investor hamda O'zbekiston Respublikasi o'rtasida xalqaro arbitrajga murojaat qilish paytida tuzilgan shartnoma doirasidagi yozma rozilik O'zbekiston Respublikasining investitsiyaviy nizoni arbitraj yo'li bilan hal etishga bo'lgan roziligi hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun
63-modda. Nizolarni hal etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.