Investitsiya faoliyati sub'yektiga investitsiya faoliyatini cheklash, to'xtatib turish yoki tugatish munosabati bilan yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplash qonunda belgilanadi.
Davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan investitsiya faoliyati sub'yektlarining huquqlarini cheklaydigan qarorlar qabul qilingan taqdirda, shuningdek ushbu organlar tomonidan investitsiya faoliyati sub'yektlarining xo'jalik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashilgan hollarda yetkazilgan zararlarning o'rni qonunchilikka muvofiq qoplanadi.
Davlat organining (mansabdor shaxsning) g'ayriqonuniy ma'muriy hujjat chiqarishi natijasida investitsiya faoliyati sub'yektlariga yetkazilgan zararlarning o'rni sudning qarori asosida davlat tomonidan, birinchi navbatda tegishli organlarning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olgan holda qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun
62-modda. Investitsiya faoliyati sub'yektlariga yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplash
(62-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.