«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

15-modda. Investitsiya faoliyati sub'yektlari huquqlarining kafolatlari

(15-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Davlat investitsiya faoliyati sub'yektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya sub'yektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati sub'yektlarining faoliyatida qonunchilik buzilganligini aniqlasa, ular o'zlari vakolatli bo'lgan va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog'liq choralarni ko'rishi mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati sub'yektlarining investitsiya faoliyatiga bog'liq bo'lmagan boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklab qo'yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas. Davlat investorlarning fuqaroligi, yashash joyi, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish joyi bilan bog'liq holda, shuningdek investorlarning yoki investitsiyalarning kelib chiqish mamlakatiga qarab investorlarni kamsitishga yo'l qo'ymaslikni kafolatlaydi. Investor tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa investorlarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak. Bunda davlat tadbirkorlik sub'yektining hamta'sischisi (aktsiyadori, ishtirokchisi) sifatida boshqa ta'sischilar (aktsiyadorlar, ishtirokchilar) kabi teng huquqlar va majburiyatlarga ega bo'ladi. Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplari va normalariga muvofiq belgilanadigan O'zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta'minlash bilan bevosita bog'liq qonunchilikni qabul qilishga, o'zgartirishga, to'ldirishga yoxud bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.