«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

14-modda. Investitsiya faoliyatida narxni shakllantirish

(14-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Investitsiya faoliyati jarayonida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati shartnomaviy narxlar bo'yicha belgilanadi, bundan qonunchilikda qat'iy belgilangan narxlar mustasno. Investitsiya qilish ob'yekti bo'lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari birja, tanlov, kim oshdi savdolarida va boshqa uyushgan savdolarda ham shakllantirilishi mumkin. Birja, tanlov, kim oshdi savdolarida va boshqa uyushgan savdolarda shakllangan, realizatsiya qilinadigan davlat aktivlarining narxlari, mazkur aktivlarning balans va baholangan qiymatidan qat'i nazar, bozor narxlari deb tan olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.