Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda:
davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan zarur hujjatlar va ma'lumotlar olish;
davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar berish;
ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yuritishga muvofiq tekshiruvdan o'tkazish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;
qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli bo'lgan, qarzdorga qarashli bo'lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma'lumotlar mavjud bo'lganda esa boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo'lgan joylarga va shu jumladan turar joylarga va omborlarga kirish, zarur bo'lgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish va xolislar ishtirokida ko'zdan kechirish, o'zga shaxslarda qarzdorga tegishli bo'lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma'lumotlar mavjud bo'lmaganda esa bunday harakatlarni boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo'lgan joylar va omborlarda sud ajrimi asosida amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanish;
qonunchilikka muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qo'yish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;
qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qo'yilgan pul mablag'lari hamda o'zga qimmatliklarini xatlash;
qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari bo'yicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qo'yish;
olib qo'yilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun mo'ljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, xususiy mulkdagi joylardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaxslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transport vositasidan mol-mulkni tashish uchun xarajatlarni qarzdorning hisobiga kiritgan holda foydalanish;
ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos bo'lgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik bo'lgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni so'rab murojaat etish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirish;
ijro yig'imlarini, davlat ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish;
qarzdor jismoniy shaxsga, uning mol-mulkiga yoki olib qo'yilishi lozim bo'lgan bolaga nisbatan qidiruv e'lon qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar bo'yicha, shu jumladan ijro usuli va tartibini o'zgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining xodimlariga yordam so'rab murojaat qilish;
ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga ko'ra ixtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonunchilikni buzgan qarzdorlarga nisbatan ma'muriy jazo qo'llash, shuningdek sud hujjatlarini ijro etishdan bo'yin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini ko'rish;
ushbu Qonunda belgilangan tartibda mol-mulkni baholash;
mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotni jalb etish;
qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash huquqiga ega.
Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
84-modda. Davlat ijrochilarining huquqlari
(84-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонунига асосан еттинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 18 август)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.