O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning o'rinbosarlari:
quyi turuvchi davlat ijrochilaridan ijro ishi yuritish materiallarini, hujjatlar va ijro hujjatining ijro etilishi jarayoni to'g'risidagi boshqa ma'lumotlarni tekshirish uchun talab qilib oladi;
ijro ishi yuritish, shu jumladan u yoki bu ijro harakatlarini amalga oshirish bo'yicha yozma ko'rsatmalar beradi;
davlat ijrochilarining noqonuniy va asossiz qarorlarini bekor qiladi;
davlat ijrochisi ijro ishi yuritish jarayonida qonunchilik buzilishiga yo'l qo'ygan taqdirda, uni ijro harakatlarini bundan buyon amalga oshirishdan chetlashtiradi;
davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlariga doir shikoyatlarni ko'rib chiqadi.
O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq surishtiruv organi boshlig'ining vazifalarini bajaradi.
Qonunchilikka muvofiq O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning o'rinbosarlari boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
83¹-modda. Bosh davlat ijrochilarining va ular o'rinbosarlarining vakolatlari
(83¹-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.