«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

12-modda. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik

(12-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Ijro ishi yuritishdan taraflarning biri chiqib ketgan taqdirda (undiruvchi yoki qarzdorning vafot etishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechilishi, qarzni boshqa shaxsga o'tkazilishi va shu kabilar) davlat ijrochisi o'z qarori bilan ana shu tarafni uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda almashtirishi shart. Amalga oshirilgan barcha harakatlar chiqib ketgan taraf uchun qay darajada majburiy hisoblangan bo'lsa, uning o'rniga ijro ishi yuritishga kirgan huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.