Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishda ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar, nusxalar olish, qo'shimcha materiallar taqdim etish, iltimosnomalar berish, ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etish, ijro harakatlari jarayonida og'zaki va yozma tushuntirishlar berish, ijro ishi yuritilishi davomida paydo bo'ladigan masalalar yuzasidan o'z vajlari va fikr-mulohazalarini bildirish, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlari va fikr-mulohazalariga qarshi e'tiroz bildirish, rad qilish, davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
Qarzdor ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari ijro ishi bo'yicha kafolat mablag'larini kiritish huquqiga ham ega.
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirayotganda sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonunchilikning talablarini bajarishlari shart.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
11-modda. Ijro ishi yuritishda taraflarning huquq va majburiyatlari
(11-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 августдаги ЎРҚ-1082-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.08.2025 й., 03/25/1082/0750-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.