«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun

13-modda. Ichki ishlar organlarining tizimi

(13-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 19 майдаги ЎРҚ-1146-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2026 й., 03/26/1146/0514-сон)

Ichki ishlar organlarining tizimi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (bo'limlari), transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmalari (bo'limlari), jazoni ijro etish muassasalari, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo'riqlash departamenti va uning bo'linmalari, ichki ishlar organlarining o'ta muhim va toifalangan ob'yektlardagi bo'linmalari, shaharcha ichki ishlar bo'linmalari, mahalla huquq-tartibot maskanlari hamda ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, shuningdek ta'lim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bo'linmalar va tashkilotlardan iboratdir. Ichki ishlar organlari tizimiga o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda huquqlar va imtiyozlardan foydalanadigan qorovul qo'shinlari ham kiradi. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'z maqomiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga, qonunchilikka muvofiq ayrim masalalar bo'yicha esa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to'g'risidagi axborotni yiliga ikki marta O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etadi. Ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtat tuzilishi va shtat sonining eng yuqori chegarasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.