«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun

12-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanish

(12-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ichki ishlar organlari o'z faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanadi. Ichki ishlar organlari jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu organlarning vakolatlariga taalluqli elektron davlat xizmatlari ko'rsatilishini, shuningdek hujjatlarni qabul qilish va ro'yxatga olishning, davlat xizmatlari ko'rsatish jarayoni to'g'risidagi xabarnomalarning elektron shakllari qo'llanilishini qonunchilikka muvofiq ta'minlaydi. Ichki ishlar organlari jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini ta'minlashda, jinoyatlar, ma'muriy huquqbuzarliklarning oldini olishda, ularni aniqlashda, ularga chek qo'yishda, ularni fosh etishda, tergov qilishda hamda jinoyatlar, ma'muriy huquqbuzarliklarning sodir etilishi holatlarini, hodisalar holatlarini hujjatlashtirishda, shu jumladan jamoat joylarida, shuningdek o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanishi mumkin. Ichki ishlar organlarida davlat sirlarini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarni muhofaza qilish, shu jumladan kriptografik vositalarni qo'llagan holda texnik jihatdan muhofaza qilish ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.