O'zbekiston Respublikasi davlat chegarasini buzgan yoki O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish tartibi buzilishiga yo'l qo'ygan havo kemasi tartibbuzar havo kemasi deb hisoblanadi va samoviy hududdan foydalanish tartibiga rioya qilishni nazorat etuvchi organlarning talabiga bo'ysunmasa, yerga qo'nishga majbur etiladi.
Tartibbuzar havo kemasi qo'nish to'g'risidagi buyruqni bajarmagan taqdirda samoviy hududdan foydalanish tartibi ataylab buzilayapti va bu bilan O'zbekiston Respublikasi suverenitetiga, hududiy butunligiga, siyosiy mustaqilligiga va jamoat xavfsizligiga tahdid solib kuch ishlatilayapti yoki kuch ishlatishga urinish bo'layapti deyish uchun mantiqiy asos bo'lib, bunday tartib buzilishini o'zga vositalar bilan to'xtatib bo'lmaydigan hollarda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qurol va jangovar texnikani ishga solishlari mumkin.
Agar tartibbuzar havo kemasida samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishiga aloqasi yo'q yo'lovchilar yoxud boshqa shaxslar borligi haqida ishonchli ma'lumot bo'lsa, qurol va jangovar texnika ishlatilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi samoviy hududiga asossiz kirgan va unga kirish shartlariga rioya etmagan, shuningdek samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilgan boshqa hollarda ham havo kemasi qo'ngan aerodromda ushlab turilishi mumkin.
Tartibbuzar havo kemasining undan keyingi parvoziga tartib buzilishi tekshirib chiqilgandan so'ng O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to'g'risidagi nizomda ko'rsatilgan yo'sinda ruxsat etiladi.
lex.uz’dagi asl matn15-modda. Tartibbuzar havo kemasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.