Air Code

14-modda. Samoviy hududdan foydalanish tartibining buzilishi

(14-модда учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 1997 йил 26 декабрдаги 549-I-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 1998 й., 3-сон, 38-модда)

Ushbu Kodeksga va uning asosida ishlab chiqilgan boshqa huquqiy hujjatlarga zid ravishda O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish bilan bog'liq faoliyat O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish tartibini buzish deb e'tirof etiladi. Samoviy hududdan foydalanish tartibiga rioya qilishni nazorat etuvchi organlar samoviy hududdan foydalanish tartibini buzishning oldini olish yoki to'xtatish choralarini ko'rishga majburdirlar. Samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishiga yo'l qo'ygan yoki havo kemalari parvozi xavfsizligiga xavf tug'ilishiga olib kelgan xatti-harakatlar sodir etgan samoviy hududdan foydalanuvchilar, shuningdek aviatsiya faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan yuridik va jismoniy shaxslar yuqorida zikr etilgan organlarning talabiga binoan ko'rsatilgan tartibbuzarlikni yoki tartib buzilishiga olib keladigan faoliyatni o'z hisoblaridan va o'z kuchlari bilan to'xtatishlari lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.