Air Code

103-modda. Tashuvchining tashabbusi bilan havo transportida tashish shartnomasi kuchining to'xtatilishi

(103-модданинг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Tashuvchi havo transportida yo'lovchi, qo'l yuki va yuk tashish shartnomasini tashish yo'nalishining istalgan manzilida quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin: yo'lovchi yoki yuk jo'natuvchi tomonidan parvoz boshlanadigan, tugaydigan va tranzit mamlakatning qonunchiligida belgilangan bojxona, chegara, sanitariya-karantin talablari va havo transportida tashishga taalluqli boshqa talablar buzilsa; agar yo'lovchi sog'lig'ining holati havo transportida tashishning alohida shart-sharoitlarini talab qilsa yoxud yo'lovchining o'z xavfsizligiga yoki boshqa shaxslarning xavfsizligiga tahdid solsa, bu hol tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlansa, xuddi shuningdek tartibsizlik keltirib chiqarsa va boshqa yo'lovchilarga tashish shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan xizmatlarni ko'rsatishi uchun tashuvchiga imkoniyat bermasa; havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari yo'lovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga tahdid tug'diradigan yoxud havo kemasi ichidagi shaxslarning hayotiga yoki sog'lig'iga va mol-mulkiga tahdid tug'diradigan tarzda buzilsa; havo transportida tashishlarning belgilangan qoidalari talablarini bajarish yo'lovchi yoki yuk jo'natuvchi tomonidan rad etilsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.