Air Code

102-modda. Yo'lovchiga ko'rsatiladigan xizmatlar va imtiyozlar

(102-модда Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-337-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — ЎР ҚҲТ, 2012 й., 39-сон, 447-модда)

Tashuvchi yo'lovchilarga tashish qoidalarida belgilangan tartibda xizmat ko'rsatilishini tashkil etishi shart. Shunga muvofiq yo'lovchiga belgilangan me'yor doirasida bagaj va qo'l yukini tekin o'zi bilan olib uchish, bolalarini (yoshiga qarab) tekin yoki imtiyozli shartlarda olib uchish, aeroportlarda maxsus ajratilgan binolardan foydalanish, shuningdek yuk tashuvchining aybi bilan yoxud boshqa majburiy sabablar bilan ro'y bergan parvozlarning kechiktirilishi yoki ular orasidagi tanaffuslarda mehmonxonalarda joy bilan ta'minlanish huquqi beriladi. Tashuvchi o'z imtiyozli tijorat dasturlarini amalga oshirish va bunday dasturlarda nazarda tutilgan qo'shimcha xizmatlar ko'rsatish huquqiga ham ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.