Law on Citizenship

39-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to'g'risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar

(39-модда биринчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 февралдаги ЎРҚ-905-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2024 й., 03/24/905/0106-сон)

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to'g'risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi: so'rovnoma; pasport yoki identifikatsiyalovchi karta; nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnoma; bola iltimosnomada ko'rsatilgan taqdirda, uning tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo'lsa pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi. Agar O'zbekiston Respublikasida ariza beruvchining O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan eri (xotini), ota-onasi, shuningdek uning qaramog'idagi shaxslar doimiy yashasa, ariza beruvchi ushbu shaxslarning o'ziga nisbatan mulkiy e'tirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalarini taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.