O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish yoki O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to'g'risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
so'rovnoma;
pasport yoki identifikatsiyalovchi karta (yashash guvohnomasi);
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnoma;
bola iltimosnomada ko'rsatilgan taqdirda, uning tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo'lsa yashash guvohnomasi;
tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish to'g'risidagi iltimosnomaga ushbu moddaning birinchi qismida sanab o'tilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
ariza beruvchining tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasi;
O'zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lgan, nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan o'zidan oldingi qarindoshining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi yoxud manfaatdor vazirlikning yoki idoraning iltimosnomasi;
sudlanganlik holati yo'qligini yoki mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish to'g'risidagi iltimosnomaga pasport yoki identifikatsiyalovchi karta (yashash guvohnomasi) ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn38-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash to'g'risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar
(38-модда биринчи қисмининг еттинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 февралдаги ЎРҚ-905-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2024 й., 03/24/905/0106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.