Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan o'tkazilishi mumkin.
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o'tkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki mazkur ekspertizaning o'tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Ekspertizani o'tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi o'z oldiga qo'yilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, o'tkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Ekspertizani o'tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida o'tkazadi, shaxsan o'zi olgan va komissiyaning boshqa a'zolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo'yilgan savollar yuzasidan o'z maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.
Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan to'liq yoki qisman o'tkazilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
99-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o'tkazilishi
(99-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 3 августдаги ЎРҚ-786-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.08.2022 й., 03/22/786/0705-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.