Ijro etilgan sud hujjati o'zgartirilgan yoki bekor qilingan va ish yangidan ko'rib chiqilganidan keyin talablarni qanoatlantirishni to'liq yoki qisman rad etish to'g'risida hal qiluv qarori qabul qilingan yoki ish yuritishni tugatish to'g'risida yoxud arizani ko'rmasdan qoldirish to'g'risida ajrim chiqarilgan taqdirda, o'zgartirilgan yoki bekor qilingan sud hujjati bo'yicha javobgardan da'vogarning foydasiga undirilgan narsalarning barchasi javobgarga qaytarib berilishi kerak (hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi).
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilingan yoki o'zgartirilgan bo'lsa va da'voni to'liq yoxud qisman rad etish to'g'risida yangi sud hujjati qabul qilingan bo'lsa yoki ishni yuritish tugatilgan yoki da'vo ko'rmasdan qoldirilgan bo'lsa, sud sud hujjatining bekor qilingan yoxud o'zgartirilgan tegishli qismi bo'yicha undirishni to'liq yoki qisman tugatish to'g'risidagi sud hujjatini qabul qiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
458-modda. Qaytarma ijro
(458-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-661-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/661/0011-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.