Fuqarolik protsessual kodeksi

457-modda. Ijro varaqasini qaytarib olish va yangi ijro varaqasi berish

Sud o'zi tomonidan yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan, shuningdek o'zgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga yoki o'zining tashabbusiga ko'ra taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini o'tkazmagan holda qaytarib olishga hamda uning o'rniga yangi ijro varaqasini berishga haqli. Yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan yoki o'zgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi uni bergan sudga undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan ijro etilmasdan qaytariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.