Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish to'g'risidagi ariza yozma shaklda beriladi va undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolangan bo'lishi kerak.
Arizada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo'lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
4) undiruvchi e'tirof etilishini va ijro etilishini iltimos qilayotgan chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarori haqidagi ma'lumotlar;
5) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish to'g'risida undiruvchining iltimosnomasi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.
Arizada undiruvchining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko'rsatilgan bo'lishi mumkin.
Ariza undiruvchilarning soniga qarab ko'chirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
366-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.