Fuqarolik protsessual kodeksi

365-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ariza

Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ariza hal qiluv qarori foydasiga chiqarilgan nizo tarafi (bundan buyon matnda undiruvchi deb yuritiladi) tomonidan qarzdorning yashash joyidagi yoki turgan joyidagi sudga, agar yashash joyi va turgan joyi noma'lum bo'lsa, uning mulki turgan joydagi sudga beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.