Fuqarolik protsessual kodeksi

343-modda. Yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ariza bo'yicha sudning hal qiluv qarori

Sudning yo'qolgan hal qiluv qarorini yoki ish yuritishni tugatish to'g'risidagi ajrimni tiklash haqidagi hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan sud hujjatining mazmuni sudga taqdim etilgan va yo'qolgan ish bo'yicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida tekshirilgan qanday aniq ma'lumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi ko'rsatiladi. Yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida, shuningdek qanday dalillar sud tomonidan tekshirilganligi va yo'qolgan sud ishini yuritish bo'yicha qanday protsessual harakatlar sodir etilganligi isbotlanganligi haqidagi sudning xulosalari ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.