Fuqarolik protsessual kodeksi

342-modda. Yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish

Sud yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi arizani ko'rib chiqishda ishning saqlanib qolgan qismlaridan, sud ishini yuritish yo'qolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning ko'chirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor bo'lgan boshqa hujjatlardan foydalanadi. Sud protsessual harakatlarni bajarish chog'ida hozir bo'lgan shaxslarni, zarur hollarda esa, yo'qolgan sud ishini ko'rib chiqqan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida so'roq qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.