Fuqarolik protsessual kodeksi

31-modda. Sudning o'z ish yuritishiga qabul qilib olgan ishni boshqa sudga o'tkazishi

Sud sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda o'zining ish yuritishiga qabul qilib olgan ishni, garchi keyinchalik bu ish boshqa sudning sudloviga tegishli bo'lib qolsa ham, mazmunan hal qilishi kerak. Sud quyidagi hollarda ishni ko'rish uchun boshqa sudga o'tkazadi: 1) mazkur ish boshqa sudda, xususan dalillarning ko'pchilik qismi joylashgan yerdagi sudda o'z vaqtida va har tomonlama ko'rib chiqiladi deb hisoblasa; 2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan so'ng bu sudda ularni almashtirish imkoni bo'lmasa; 3) ish mazkur sudda ko'rilayotganda, u sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ma'lum bo'lib qolsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.