Fuqarolik protsessual kodeksi

309-modda. Bedarak yo'qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaro qaytib kelishi yoki uning turgan joyi aniqlanishi oqibatlari

Bedarak yo'qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turgan joyi aniqlangan taqdirda, sud o'zining ilgarigi hal qiluv qarorini yangi hal qiluv qarori bilan bekor qiladi. Yangi hal qiluv qarori tegishincha mol-mulkka nisbatan boshqaruvni yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi fuqaroning vafotiga doir yozuvni bekor qilish uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.