Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir:
1) fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to'g'risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo'yicha ishlar, agar taraflardan hech bo'lmaganda bittasi fuqaro bo'lsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno;
2) ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab o'tilgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar;
3) ushbu Kodeksning 18-bobida ko'rsatilgan va buyruq tartibida hal etiladigan ishlar;
4) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to'g'risidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar;
4¹) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ishlar;
5) chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ishlar;
6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to'g'risidagi ishlar.
Sudlarga qonun bilan ularning vakolatiga kiritilgan boshqa ishlar ham taalluqlidir.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
26-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi
(26-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 октябрдаги ЎРҚ-1089-сонли Қонунига асосан 4¹-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.10.2025 й., 03/25/1089/0953-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.