Fuqarolik protsessual kodeksi

259-modda. Javobgar zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatadigan hal qiluv qarori

(260-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-661-сонли Қонунига асосан ўз кучини йўқотган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/661/0011-сон)

Sud javobgar zimmasiga mol-mulkni yoki pul summalarini olib berish bilan bog'liq bo'lmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklatishni nazarda tutuvchi hal qiluv qarorini qabul qilish chog'ida, qarorning o'zida, agar javobgar hal qiluv qarorini belgilangan muddat ichida bajarmasa, da'vogar shu harakatlarni javobgarning hisobidan amalga oshirishga va zarur xarajatlarni keyinchalik javobgardan undirib olishga haqli ekanligini ko'rsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat javobgar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo'lsa, sud hal qiluv qarorida uni ijro etish kerak bo'lgan muddatni belgilab qo'yadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.