Fuqarolik protsessual kodeksi

24-modda. Rad qilish to'g'risidagi arzni hal etish tartibi

Rad qilish to'g'risida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning tushuntirishini ham eshitishi kerak. Ishni yakka tartibda ko'radigan sudyani rad qilish to'g'risidagi masala sud raisi tomonidan, yakka tarkibli sudda esa, shu sudyaning o'zi tomonidan hal etiladi. Sud hay'atining a'zosi bo'lgan sudyani rad qilish hay'at a'zolari bo'lgan qolgan sudyalar tomonidan ushbu sudya yo'qligida hal etiladi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo'lib qolganda, sudya rad qilingan hisoblanadi. Ish hay'atda ko'rilayotganda ikki sudyani yoki sudning butun tarkibini rad qilish arz qilingan taqdirda, rad qilish masalasi sudning shu tarkibi tomonidan oddiy ko'pchilik ovoz bilan hal qilinadi. Rad qilish masalasini hal etish uchun sudya (sud) alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi va rad qilishni qabul qilish yoki qabul qilmaslik to'g'risida ajrim chiqaradi. O'zini o'zi rad qilish to'g'risidagi va prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibini rad qilish haqidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda, ishni ko'rib chiqayotgan sud tomonidan hal qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.