Fuqarolik protsessual kodeksi

239-modda. Dalillarni joyida ko'zdan kechirish

(239-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Sudga olib kelish mumkin bo'lmagan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar turgan joyida ko'zdan kechiriladi va tekshiriladi. Ko'zdan kechirishni joyida o'tkazish to'g'risida sud ajrim chiqaradi. Dalillarni joyida ko'zdan kechirish sudning butun tarkibi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarni chaqirgan holda amalga oshiriladi. Raislik qiluvchi ko'zdan kechirish joyiga yetib borgach, sud muhokamasi davom ettirilishi to'g'risida e'lon qiladi, sud muhokamasi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo'yicha olib boriladi. Ko'zdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnomaga ko'zdan kechirish paytida tuzilgan yoki tekshirilgan barcha rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar, hujjatlarning ko'zdan kechirish vaqtida olingan ko'chirma nusxalari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarning videoyozuvlari, fotosuratlari, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati ilova qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.