Kelishuv bitimi uni ijro etish muddati va tartibi ko'rsatilgan holda taraflar tomonidan kelishilgan shartlarni o'z ichiga olishi kerak.
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo'yicha qabul qilingan majburiyatlarning ijro etilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bog'liq qilib qo'yishi mumkin emas.
Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib ijro etish to'g'risidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan to'liq yoki qisman voz kechish yoxud uni tan olish to'g'risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shartlar va qonunga zid bo'lmagan boshqa shartlar bo'lishi mumkin.
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risidagi shart mavjud bo'lmasa, sud mazkur masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog'ida, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hal qiladi.
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qo'shib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
167-modda. Kelishuv bitimining mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.