Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar ko'radi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko'maklashadi.
Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni o'zaro talablarning to'liq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da'vo tartibida yuritiladigan har qanday ish bo'yicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instantsiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini, mediativ kelishuvni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
166-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish
(166-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.