Fuqarolik protsessual kodeksi

106-modda. Da'voni ta'minlash choralari

(106-модда биринчи қисмининг 5-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Quyidagilar da'voni ta'minlash choralari bo'lishi mumkin: 1) javobgarga tegishli bo'lgan va uning o'zida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulkni yoxud pul mablag'larini xatlash; 2) javobgar muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash; 3) boshqa shaxslarning javobgarga mol-mulk berishini yoki unga nisbatan boshqa majburiyatlarni bajarishini taqiqlash; 4) mol-mulkni xatlashdan chiqarish to'g'risida da'vo arz qilingan taqdirda, uni realizatsiya qilishni to'xtatish; 5) qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashayotgan bo'lsa va agar bunday nizolashishga qonunchilikda yo'l qo'yilsa, bu hujjat bo'yicha undiruvni to'xtatish; 6) nizoli mol-mulk buzilishi, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish; 7) nizoli mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxsga (saqlovchiga) topshirish. Zarur hollarda, sud (sudya) da'voni ta'minlash bo'yicha boshqa choralar ham ko'rishi mumkin. Da'voning ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlash yo'li bilan ta'minlanishiga yo'l qo'yilmaydi, bundan aliment undirish to'g'risidagi, mayib bo'lganlik yoki sog'liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik, shuningdek boquvchisining o'limi oqibatida ko'rilgan zararning o'rnini qoplash haqidagi, o'zgalar mol-mulkini talon-toroj qilganlik natijasida ko'rilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi da'volar mustasno. Da'voni ta'minlash choralari da'vogar arz qilgan talabga mutanosib bo'lishi kerak. Zarur hollarda, sud da'voni ta'minlash chorasining bir nechta turini qo'llashi mumkin, lekin ularning umumiy summasi da'voning bahosidan oshib ketmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.