Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lganda sheriklarning umumiy egaligiga va (yoki) foydalanishiga berib qo'yilgan ashyolar, taraflarning kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ularni berib qo'ygan sheriklarga haq to'lamasdan qaytariladi.
Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lgan paytdan boshlab uning ishtirokchilari uchinchi shaxslarga nisbatan bajarilmagan umumiy majburiyatlar bo'yicha solidar javobgar bo'ladilar.
Sheriklarning umumiy ulushli mulkida turgan mol-mulkni va ularda yuzaga kelgan umumiy talab qilish huquqlarini taqsimlash ushbu Kodeksning 223-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Umumiy ulushli mulkka xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni qo'shgan sherik oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lganda, qolgan sheriklar va kreditorlarning manfaatlariga rioya etilishi sharti bilan, bu ashyoni o'ziga qaytarishni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
971-modda. Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lishining oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.