Fuqarolik kodeksi

970-modda. Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lishining asoslari

Oddiy shirkat shartnomasi quyidagilar oqibatida bekor bo'ladi: sheriklardan birortasi muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb e'lon qilinganda, agar oddiy shirkat shartnomasida yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar o'rtasidagi munosabatlarda shartnomaning saqlanib qolishi nazarda tutilmagan bo'lsa; sheriklardan birortasi nochor (bankrot) deb e'lon qilinganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgani bundan mustasno; sherik vafot etganda yoki oddiy shirkat shartnomasida ishtirok etayotgan yuridik shaxs tugatilganda yoxud qayta tashkil etilganda, agar shartnomada yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar o'rtasidagi munosabatlarda shartnomaning saqlanib qolishi yoxud vafot etgan sherikning (tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning) uning merosxo'rlari (huquqiy vorislari) bilan almashtirilishi nazarda tutilmagan bo'lsa; sheriklardan birortasi oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasida bundan buyon ishtirok etishdan voz kechganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgani bundan mustasno; muddat ko'rsatilgan holda tuzilgan oddiy shirkat shartnomasi sheriklardan birining talabi bilan o'zi va qolgan sheriklar o'rtasidagi munosabatlarda bekor qilinganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgani bundan mustasno; oddiy shirkat shartnomasining muddati o'tganda; sherikning ulushi uning kreditori talabi bilan ajratilganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgani bundan mustasno; ushbu Kodeksda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.