Sug'urta shartnomasini tuzish paytida taraflarning kelishuviga ko'ra aniqlanadigan, sug'urta manfaati bilan bog'lanadigan mol-mulk qiymati, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sug'urta qiymati (sug'urta bahosi) deb hisoblanadi.
Mol-mulkning shartnomada ko'rsatilgan sug'urta qiymati ustida keyinchalik nizolashish mumkin emas, shartnoma tuzilgunga qadar sug'urta xavfini baholash bo'yicha o'z huquqidan foydalanmagan sug'urtalovchi bu qiymat borasida bila turib chalg'itilgan hol bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
935-modda. Mol-mulkning sug'urta qiymati
(935-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.