Mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchi sug'urta tovonini to'lash majburiyatini oladigan yoki shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lash majburiyatini oladigan summa (sug'urta summasi) sug'urta qildiruvchining sug'urtalovchi bilan kelishuviga ko'ra ushbu modda qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sug'urta qilishda, agar sug'urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sug'urta summasi ularning haqiqiy qiymatidan (sug'urta qiymatidan) oshmasligi lozim, quyidagilar shular jumlasiga kiradi:
mol-mulk uchun — uning sug'urta shartnomasini tuzish kuni turgan joyidagi haqiqiy qiymati;
tadbirkorlik xavfi — sug'urta hodisasi yuz berganida sug'urta qildiruvchi tadbirkorlik faoliyatidan ko'rishi mumkin bo'lgan zarar.
Shaxsiy sug'urta shartnomalarida va fuqaroviy javobgarlikni sug'urtalash shartnomalarida sug'urta summasini taraflar o'z ixtiyorlariga ko'ra aniqlaydilar, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
934-modda. Sug'urta summasi
(934-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.