Sug'urta fuqaro yoki yuridik shaxs (sug'urta qildiruvchi) sug'urta tashkiloti (sug'urtalovchi) bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sug'urta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Shaxsiy sug'urta shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.
Qonunda ko'rsatilgan shaxslarga sug'urta qiluvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkini yoxud o'zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini o'z hisobidan yoxud manfaatdor shaxslar hisobidan sug'urta qilish (majburiy sug'urta) majburiyati qonun bilan yuklangan hollarda sug'urta ushbu bobning qoidalariga muvofiq shartnomalar tuzish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Majburiy sug'urtada sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchi bilan sug'urtaning ushbu turini tartibga soladigan qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzishi shart.
Qonunda fuqarolarning hayoti, sog'lig'i va mol-mulkini davlat byudjeti mablag'lari hisobidan majburiy sug'urta qilish hollari (davlat majburiy sug'urtasi) nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
914-modda. Ixtiyoriy va majburiy sug'urta
(914-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.