Fuqarolik kodeksi

913-modda. Tovarni ikki qismli omborxona guvohnomasi bo'yicha berish

Tovar ombori tovarni ombor va garov guvohnomalarini (ikki qismli ombor guvohnomasini) saqlovchiga berib, undan ushbu ikkala guvohnomani oladi. Ombor guvohnomasini saqlovchi garov guvohnomasiga ega bo'lmasa, biroq uning yuzasidan qarz summasini to'lagan bo'lsa, ombor tovarni faqat ombor guvohnomasiga ayirboshlash yo'li bilan va u bilan birgalikda garov guvohnomasi bo'yicha butun qarz summasi to'langanligi haqidagi patta taqdim etilganidagina beradi. Ombor va garov guvohnomalarining saqlovchisi tovarni qismlarga bo'lib berishni talab qilishga haqli. Bunda dastlabki guvohnomalar o'rniga unga omborda qolgan tovar uchun yangi guvohnomalar beriladi. Garov guvohnomasiga ega bo'lmagan va uning yuzasidan qarz summasini to'lamagan ombor guvohnomasini saqlovchiga ushbu moddaning talablariga qaramay tovarni bergan tovar ombori garov guvohnomasini saqlovchi oldida bu guvohnoma bo'yicha ta'minlangan butun to'lov uchun javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.