Fuqarolik kodeksi

856-modda. Uchinchi shaxslarning huquqlari bo'lgan mol-mulkni ishonchli boshqarish

Ishonchli boshqaruvchi shartnoma tuzilgunga qadar o'ziga boshqarish uchun topshirilayotgan mol-mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari borligi haqida xabardor qilib qo'yilishi kerak. Ushbu shart buzilgan taqdirda ishonchli boshqaruvchi shartnomani haqiqiy emas deb hisoblab, real zararni qoplashni va mutanosib haq to'lashni talab qilishga haqli. Agar ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulkka shartnoma tuzilganidan keyin uchinchi shaxslarning huquqlari paydo bo'lsa, ishonchli boshqaruvchi esa bu haqda o'n kunlik muddatda xabardor qilinmagan bo'lsa, u mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini bekor qilib, o'ziga keltirilgan haqiqiy zararning qoplanishini va mutanosib haq to'lanishini talab qilish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.