Fuqarolik kodeksi

855-modda. Ishonchli boshqaruvda bo'lgan mol-mulkni ajratib chiqarish

(855-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 февралдаги ЎРҚ-911-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.02.2024 й., 03/24/911/0142-сон)

Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk boshqaruv muassisining boshqa mol-mulkidan, shuningdek ishonchli boshqaruvchining mol-mulkidan ajratiladi. Ushbu mol-mulk ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u bo'yicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqaruv bilan bog'liq faoliyat bo'yicha hisob-kitob yuritish uchun alohida bank hisobvarag'i ochiladi. Boshqaruv muassisining qarzlari bo'yicha undiruvni u ishonchli boshqaruvga topshirgan mol-mulkka qaratishga yo'l qo'yilmaydi, bundan ushbu shaxs bankrot deb topilgan hollar mustasno. Boshqaruv muassisi bankrot deb topilganda ushbu mol-mulkni ishonchli boshqarish bekor qilinadi va u tugatish massasiga qo'shib yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.