Boshqa shaxsning manfaatini ko'zlab tuzilgan bitim bo'yicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor bo'lgan shaxs mazkur bitimni ma'qullagan paytdan boshlab unga o'tadi, basharti boshqa taraf majburiyatlarning bunday o'tishiga e'tiroz bildirmasa yoki bitimni tuzish paytida bitim boshqa shaxsning manfaatini ko'zlab tuzilganligini bilgan yoxud bilishi lozim bo'lgan bo'lsa. Bunday bitim bo'yicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor bo'lgan shaxsga o'tganida, ushbu bitim bo'yicha huquqlar ham shu shaxsga berilishi zarur.
Bitim tuzgan shaxs boshqa shaxsning manfaatlarini ko'zlab amalga oshirilgan faoliyat tufayli qilgan xarajatlari qoplanguncha huquqlarni topshirishni kechiktirib turishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
828-modda. Boshqa shaxsning manfaatini ko'zlab bitim tuzish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.