Fuqarolik kodeksi

811-modda. To'lov kafolati (aval)

Chek bo'yicha to'lov kafolat (aval) vositasida to'la yoki qisman kafolatlanishi mumkin. Avalni to'lovchidan boshqa har qanday shaxs berishi mumkin. Aval chekning old tomoniga yoki qo'shimcha varaqqa «aval deb hisoblansin» degan yozuv bilan va u kim tomonidan hamda kim uchun berilganini ko'rsatgan holda qo'yiladi. Agar aval kim uchun berilganligi ko'rsatilmagan bo'lsa, aval chek beruvchi uchun berilgan hisoblanadi. Aval avalchi tomonidan imzolanib, uning yashash joyi (turgan yeri) va ustxat yozilgan sana ko'rsatiladi. Avalchi u avalni kim uchun bergan bo'lsa, o'sha shaxs singari javobgar bo'ladi. Agar avalchi kafolatlagan majburiyat shaklga amal qilmaslikdan boshqa har qanday asoslarga ko'ra haqiqiy bo'lmagan taqdirda ham, avalchining majburiyati haqiqiy bo'laveradi. Chek bo'yicha pul to'lagan avalchi u kafolat bergan shaxsga nisbatan ham, bu shaxs oldida majburiyati bo'lgan shaxslarga nisbatan ham chekdan kelib chiqadigan huquqlarni qo'lga kiritadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.