Chek bo'yicha huquqlar ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda boshqa shaxsga beriladi.
Egasining nomi yozilgan chek boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
O'tkazma chekda pul to'lovchiga qilingan indossament to'lovni olganlik uchun tilxat kuchiga ega bo'ladi.
To'lovchi tomonidan qilingan indossament haqiqiy emas.
Agar indossament bo'yicha olingan o'tkazma chekka ega bo'lgan shaxs o'zining huquqini uzluksiz (bir-birini taqozo etuvchi) indossamentlar qatori bilan asoslab bersa, u o'tkazma chekning qonuniy egasi deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
810-modda. Chek bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.