Akkreditiv ijrochi bankda:
akkreditiv muddati tamom bo'lgach;
mablag' oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom bo'lgunicha undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi arizasiga ko'ra, agar bunday voz kechish mumkinligi akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo'lsa;
pul to'lovchining akkreditivni butunlay yoki qisman chaqirib olish haqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkreditiv shartlari bo'yicha yo'l qo'yilsa, yopiladi.
Akkreditiv yopilganligi haqida ijrochi bank bank-emitentni xabardor qilishi kerak.
Deponentlangan akkreditivning foydalanilmagan summasi akkreditiv yopilishi bilan bir vaqtda bank-emitentga qaytarib berilishi kerak. Bank-emitent qaytarib berilgan summalarni to'lovchining mablag'lar deponentlangan hisobvarag'iga kiritib qo'yishi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
803-modda. Akkreditivni yopish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.