Fuqarolik kodeksi

802-modda. Akkreditiv shartlari buzilganligi uchun bankning javobgarligi

Akkreditiv shartlari buzilganligi uchun mijoz oldida bank-emitent, bank-emitent oldida esa ijrochi bank javobgar bo'ladi, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ijrochi bank qoplangan yoki tasdiqlangan akkreditiv bo'yicha pul mablag'larini to'lashdan asossiz bosh tortgan taqdirda mablag'larni oluvchi oldidagi javobgarlik ijrochi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin. Ijrochi bank akkreditiv shartlarini buzish oqibatida qoplangan yoki tasdiqlangan akkreditiv bo'yicha pul mablag'larini noto'g'ri bergan taqdirda, mijoz oldidagi javobgarlik ijrochi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.