Bank-emitent tomonidan mablag' oluvchini oldindan xabardor qilmagan holda o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin bo'lgan akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv deyiladi. Akkreditivni chaqirib olish bank-emitent zimmasiga mablag'larni oluvchi oldida biron-bir majburiyat yuklamaydi.
Agar ijro etuvchi bank operatsiyalarni bajarish paytigacha akkreditivning shartlari o'zgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirish olmagan bo'lsa, u chaqirib olinadigan akkreditiv bo'yicha to'lovni yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi shart.
Agar akkreditivning matnida boshqa narsa nazarda tutilgan bo'lmasa, u chaqirib olinadigan akkreditiv bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
798-modda. Chaqirib olinadigan akkreditiv
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.