Akkreditivning amal qilish muddati va u bo'yicha hisob-kitob qilish tartibi pul mablag'larini to'lovchi bilan oluvchi o'rtasidagi shartnomada belgilab qo'yiladi.
Shartnomada yana quyidagilar bo'lishi kerak:
bank-emitentning nomi;
akkreditivning turi va uni bajarish usuli;
mablag'larni oluvchini akkreditiv ochilganligi haqida xabardor qilish usuli;
akkreditiv bo'yicha mablag'lar olish uchun oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to'liq ro'yxati va aniq tavsifi;
tovarlar jo'natilganidan (xizmatlar ko'rsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo'yiladigan talablar.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
797-modda. Akkreditivning amal qilish muddati va u bo'yicha hisob-kitob qilish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.