Bank hisobvarag'i shartnomasiga muvofiq bank mijozning hisobvarag'ida pul mablag'lari yo'qligiga qaramay, mijozning talablariga muvofiq to'lovlarni amalga oshirgan hollarda bank mijozga to'lov amalga oshirilgan kundan boshlab tegishli summaga kredit bergan (hisobvaraqni kreditlash) hisoblanadi.
Taraflarning hisobvaraqni kreditlash bilan bog'liq huquq va majburiyatlari, agar bank hisobvarag'i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, qarz va kredit to'g'risidagi qoidalar bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
779-modda. Hisobvaraqni kreditlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.