Fuqarolik kodeksi

778-modda. Hisobvaraq bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish muddatlari

(778-модда Ўзбекистон Республикасининг 2009 йил 22 сентябрдаги ЎРҚ-223-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2009 й., 39-сон, 423-модда)

Agar qonunda yoki bank hisobvarag'i shartnomasida boshqacha muddatlar belgilab qo'yilgan bo'lmasa, bank tegishli to'lov hujjati bankka tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan tushgan pul mablag'larini hisobvaraqqa kiritib qo'yishi, mijozning topshirig'iga muvofiq hisobvaraqdan pul mablag'larini qo'lga berishi yoki o'tkazishi shart. Hisobvaraq bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish muddatlarini buzish bank uchun ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.